Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:13
telegram
Peskov Putinning Navalniy haqidagi savollarga qachon javob berishini aytdi

 31 MART, 09:00 1346

.

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi ta'kidlashicha, tomonlar o'zlari muhim deb bilgan savollarni berish huquqiga ega. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bloger Aleksey Navalniy haqidagi savollarga javob beradi. O'sha kuni Frantsiya va Germaniya rahbarlari Emmanuyul Makron va Angela Merkel bilan aloqada bo'ladi.

– Tabiiyki, bunday muloqotlar davomida har ikki tomon ham muhim deb hisoblagan savollarini erkin bildiradi. Bu mutlaqo odatiy amaliyotdir. Agar shunday savollar tug'ilsa, prezident, albatta, kerakli tushuntirishlarni beradi, – dedi Peskov jurnalistlarga. Uning ta'kidlashicha, uch mamlakat rahbarlari o'rtasidagi aloqa formati hali aniqlanmagan.

29 mart kuni Rossiya, Frantsiya va Germaniya Putin, Merkel va Makron o'rtasida mumkin bo'lgan aloqada kelishib olgani haqida ma'lumotlar paydo bo'ldi. Uning qo'shimcha qilishicha, konferentsiyaning asosiy mavzusi Donbassdagi vaziyat bo'ladi. Peskovning aytishicha, Kreml Donbassdagi vaziyat avj olishdan, shuningdek, Ukraina xavfsizlik xizmatining provokatsion harakatlaridan jiddiy xavotirda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!