Xayirli kun, Guest!
Soat: 13:19
telegram
Neft qaerdan paydo bo'lgan?

 5 APREL, 04:05 108

.

Neft iqtisodiyotning asosiy manbai hisoblanadi. Mubolag'asiz, insoniyat farovonligi bu manbaga bog'liq. Biroq ko'p yillar davomida yonuvchan suyuqlik o'rganilishiga qaramay, uning kelib chiqishi hali ham sir bo'lib qolmoqda. Neftning kelib chiqishi haqida olimlar nima deydi? U qaerdan paydo bo'lgan?

 Yagona nazariya mavjud emas

Turli tadqiqotchilar “qora oltin” sayyorada qanday paydo bo'lganligi to'g'risida o'zlarining farazlarini ilgari surishadi. Nega ular neft kelib chiqishining yagona nazariyasiga ega emas?

Neft va gaz doimiy ravishda er qa'ridagi tabiiy bo'shliqlar (teshiklar, yoriqlar) bo'ylab harakatlanadi. Biroq, mineralning aynan qaerda va qanday hosil bo'lishi bugun ham aniqlanmagan. Topilgan konlar esa shunchaki qusursiz to'planish joylar: u erdan neft qochib  qutula olmaydi.

Shunga qaramay, olimlar neft hosil bo'lishining ikkita - organik va noorganik ehtimoliy taxminini aniqlashdi.

Organik nazariya

Neft birikmalarini aniqlay oladigan ko'rsatkichlar mavjud. Ulardan biri gil jinslardir. Bu bir vaqtlar dengiz tubida yotib qolgan loy. Vaqt o'tishi bilan u dengiz hayvonlari qoldiqlari, qum va loy bilan aralashib, to'planib, yanada chuqurroq joylashadi.

Million yillar o'tgach, zichlanish, yuqori harorat va er bosimi ta'siri ostida bunday loy tog' jinsiga aylanadi.

Er ostida chuqur joylashgan organik moddalar yuqori harorat va bosim ta'sirida parchalanib, kimyoviy reaktsiyalar jarayonida neftga aylanadi. Bu o'zgarish uchun 50-350 million yil kerak bo'ladi, bu esa geologlarning sayyora rivojlanishi bo'yicha bergan ma'lumotlariga to'liq mos keladi.

Er yuzidagi barcha neft va gaz kompaniyalari aynan shu nazariyaga amal qilib kelmoqda, shu sababli neft loyli slanets bor joyda izlashdan boshlanadi.

Noorganik nazariya

Kimyo sanoatining rivojlanishi neft va gaz noorganik birikmalardan laboratoriya sharoitida olish mumkinligini ko'rsatdi. Masalan, uglerod oksidi va vodorod aralashmasi (sintez gazi) uglevodorodlarga aylanishi mumkin. Aynan shular neft va tabiiy gazdan iborat.

Bundan tashqari, uglevodorodlar ko'pincha kutilmagan joylarda, masalan, Rossiyaning Kolsk shahridagi o'ta chuqur qudug'ida yoriqlar natijasida hosil bo'lgan ko'llar tubida va er ostidagi vulqon otadigan moddalar tarkibida paydo bo'ladi.

Shuning uchun ba'zi geologlar neft er tubining 50 dan 240 kilometrdagi chuqurligida hosil bo'lgan deb hisoblashadi. Ular yonuvchan suyuqlik metan zaxiralaridan kelib chiqadi, so'ngra yangi zarb qilingan neft bo'shliqlar va yoriqlar orqali sayyoramizning yuqori qatlamlariga etib boradi, deb aytishadi.

Ushbu nazariyadagi nuqson shundaki, bu tarzda shakllangan manba klasterlari har qanday joyda to'planishi mumkin. Undan ko'ra loyli slanetsni izlab topish ancha osonroq. Biroq, mabodo neft va gazning kelib chiqishi noorganik bo'ladigan bo'lsa, unda ularning zaxiralari bitmasdir. Gap ularni qanday izlab topishda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!