Xayirli kun, Guest!
Soat: 18:41
Eng sara ajoyib videolar
Yulduzlar Rasmlari (New)
TIK TOKDAGI XIT MUSIQALAR
telegram
Jo Bayden Tramp joriy qilgan sanktsiyalarning bir qismini bekor qildi

 4 APREL, 21:55 52

.

Jo Bayden ma'muriyati AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp tomonidan kiritilgan Xalqaro jinoiy sudga (XJS) nisbatan sanktsiyalar va viza cheklovlarini bekor qildi. Bu haqda Davlat departamentining matbuot xizmatiga tayanib, «RBK» xabar berdi.

Davlat kotibi Entoni Blinken nomidan aytilishicha, Bayden yuqoridagi cheklovlarni bekor qilishni nazarda tutuvchi qarorni imzoladi. «Natijada oldingi ma'muriyat tomonidan XJS prokurori Fatu Bensuda va yurisdiksiya, o'zaro amaliyot va hamkorlik bo'limi rahbari Fakiso Mochochokoga qarshi kiritilgan sanktsiyalar bekor qilindi», — deyiladi xabarda.

Shuningdek, Davlat departamenti XJS xodimlari uchun viza cheklovlarini olib tashladi. «Ushbu qarorlar ko'rilgan choralar noo'rin va samarasiz bo'lgani haqidagi fikrimizni ifodalaydi», — dedi Blinken.

Shu bilan birga, AQSh avvalgidek XJSning Afg'oniston va Falastinga nisbatan munosabatini ma'qullamaydi, deb ta'kidladi Blinken. Shuningdek, u sud bilan sanktsiyalarni emas, balki ziddiyatli masalalarda muloqot qilish yo'lini yanada samarali deb topdi.

2020 yilning yozida Tramp XJSga nisbatan sanktsiyalar kiritdi. U imzolagan farmonda XJSning harakatlari AQSh suverenitetiga hamda Rim statutini qo'llab-quvvatlamaydigan va XJS yurisdiksiyasini qabul qilmaydigan ittifoqchilariga tahdid solishi aytilgan.

Trampning qarorini izohlar ekan, uning davlat kotibi Mayk Pompeo AQSh hukumati «adolat haqida safsata sotuvchi» tashkilotning amerikaliklarga tahdid qilishiga yo'l qo'ymasligini ta'kidlagan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!