logotip
Hi, Guest!
Soat: 06:21
LoginA'zo bo'lish
SAYTDAN QIDIRISH
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Qoraqalpog'istonda "Cobalt" haydovchisi YTHga uchrab, voqea joyida halok bo'ldi

 4 APREL, 20:25

Qoraqalpog'istonning Taxtako'pir tumanida YTHga uchragan «Cobalt» haydovchisi voqea joyida halok bo'ldi. Bu haqda Yo'l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, avtohalokat 2021 yil 3 aprel kuni Taxtako'pir tumani 4R-176 Nukus–Chimboy yo'lining 108–109-kilometrida sodir bo'lgan. Nukus shahridan Taxtako'pir tumaniga qarab kelayotgan «Cobalt» yo'lning o'ng tarafidagi beton to'siqqa urilgani aniqlangan.

Oqibatda avtomobil haydovchisi voqea joyida halok bo'lgan. Hozirda surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Manba: aniq.uz

butsanet

BILDIRILGAN FIKRLAR