Xayirli tun, Guest!
Soat: 03:40
telegram
Rossiyada chet ellik fuqarolarga ishlash uchun beriladigan patentlar elektron bo'ladi

 4 APREL, 19:55 104

.

Rossiya IIV chet elliklarga va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga, ilgari yo'lga qo'ygan huquqbuzarliklariga qaramasdan, mamlakatda bo'lishini qonuniylashtirishga imkon beruvchi qonun loyihasini ishlab chiqmoqda.

Hujjat bilan alohida holatlarga tushib qolgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning bo'lib turish tartibi va shart-sharoiti belgilanadi.

“Yangi federal qonun kuchga kirgan sanada Rossiya Federatsiyasi migratsiya sohasidagi belgilangan talablarni buzgan barcha shaxslarga muayyan vaqt ichida o'z huquqiy maqomini tartibga solish imkoniyatini berish taklif etilmoqda”, - deyilgan TASS xabarida.

Nashr manbasi bunday migrantlarga nisbatan ma'muriy chora ko'rilmasligi, ilgari qo'llanganlari esa qonun kuchga kirishi bilan bekor qilinishini qo'shimcha qilgan.

Ta'kidlanishicha, qonun loyihasi mamlakatning davlat migratsiya siyosati koptseptsiyasi doirasida ishlab chiqilmoqda. Qonun loyihasi koptseptsiyasi hukumat tomonidan ma'qullangan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!