Xayirli kun, Guest!
Soat: 15:14
telegram
Ronaldo soch turmagi sabab butun dunyo onalardan uzr so'radi

 31 MART, 09:00 578

.

Braziliyalik sobiq futbol yulduzi, hozirda Ispaniyaning «Valyadolid» klubi prezidenti Ronaldo JCh—2002 musobaqasida nima sababdan noodatiy soch turmagi bilan harakat qilganini tushuntirdi.

Bu dahshatli edi! Meni ko'rib, sochini o'shanday turmak qilgan barcha bolalarning onalaridan uzr so'rayman. Musobaqa yarim finalidan oldin jarohat oldim va bu haqida Braziliya OAVga gapirishni istamadim. Shu sabab sochimni shunday oldirdim.

Jamoadoshlarimdan yangi soch turmagim haqida so'radim: «Sizlarga yoqyaptimi?». Ular javob berdi: «Yo'q, bu dahshat! Olib tashla». Biroq jurnalistlar bu soch turmagini ko'rgandan keyin, jarohatim haqida unutdi, deydi sobiq futbolchi

Eslatib o'tamiz, Ronaldo JCh—2002 musobaqasida 8 ta gol bilan eng yaxshi to'purarga aylandi. U Germaniyaga qarshi kechgan finalda (2:0) ikkita gol urib, jamoasiga chempionlik olib kelgandi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!