Xayirli tun, Guest!
Soat: 03:53
telegram
Jizzaxda maktab o'quvchisini zo'rlagan o'g'ri qo'lga olindi

 4 APREL, 18:30 115

.

2021 yilning 23 fevral kuni Jizzax viloyati Paxtakor tumani Chamanzor qishloq fuqarolar yig'inida yashovchi Sh.E.ning turar joyida o'g'rilik yuz berdi. Soat 19 dan 21 gacha bo'lgan vaqt oralig'ida uyda hech kim yo'qligi, xonadon derazasi ochiqligidan foydalangan o'g'ri yotoqxonadagi seyfning qulfini buzib, 8 million so'm pulni olib ketgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyat jabrlanuvchining mahalladoshi M.B. tomonidan sodir qilingani aniqlandi. Undan 351 ming so'm hujjatlashtirib olingan. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Qayd etilishicha, tergovga qadar surishtiruv davomida ayblanuvchining yana bir jinoyati fosh qilindi. Ayon bo'lishicha, u 2001 yilning 1 oktyabrida hududdagi turar joylardan birining yotoqxonasiga kirib, pichoq bilan qo'rqitish yo'li bilan maktab o'quvchisini zo'rlagan. So'ngra birovga aytsa, o'ldirish bilan tahdid qilgan.

Ushbu manfur kimsa jinoyatini yashirish maqsadida qizning kiyim-kechagini o'z yashash joyidagi hojatxonaga tashlab yuborgan. Mazkur holat bo'yicha ham jinoyat ishi qo'zg'atildi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!