Xayirli kun, Guest!
Soat: 14:15
telegram
Bugun O'zbekiston bo'yicha yomg'ir yog'ishi kutilmoqda

 4 APREL, 08:20 137

.

"O'zgidromet" xabariga ko'ra, 4 aprelda kunduz kuni O'zbekiston hududiga Eron hududidan nam va deyarli salqin havo massalari kirib keladi. Respublika bo'yicha yomg'ir yog'adi, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Qoraqalpog'istonda va Xorazm viloyatida yog'ingarchilik kutilmaydi. G'arbiy shamol 17-22 m/s gacha esishi mumkin. Havo harorati 11-16° iliqdan yuqori bo'lmaydi.

?Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomg'ir yog'adi, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo 12-17° iliqqacha isiydi.

Respublikaning tog' oldi va tog'li hududlarida yomg'ir yog'adi, ba'zi joylarda kuchli bo'ladi, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarida 1600 m dan yuqorida qor ko'chishi xavfi bor. Tog' oldi tog'li hududlarda sel kelishi xavfi bor. Shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 3-8° iliqni tashkil etadi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!