Xayirli kun, Guest!
Soat: 13:56
telegram
Ertaga O'zbekistonda yomg'irli ob-havo kuzatiladi

 3 APREL, 21:55 139

.

«O'zgidromet»ning xabar berishicha, 4 aprel, yakshanba kuni nam havo massasi respublikamiz hududlarini qamrab oladi. Barcha joylarda yomg'ir yog'adi, momaqaldiroq bo'lishi mumkin, ba'zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 8-13° iliqni tashkil etadi, kunduzi 11-16° iliqdan yuqori bo'lmaydi.

Shimoliy hududlarda kechasi va ertalab yomg'ir yog'adi, Farg'ona vodiysi viloyatlarida yomg'ir va momaqaldiroq bilan kuzatiladigan atmosfera fronti kechqurun bo'lib o'tadi.

Toshkent viloyatida va Farg'ona vodiysida kechasi va kunduzi 5 aprelda yomg'ir yog'ishi saqlanib turadi.

Respublikaning tog' oldi va tog'li hududlarida 4-5 aprelda yomg'ir yog'ishi kuchli bo'ladi, buning hisobiga ushbu hududlarda sel kelishi mumkin.

Toshkent va Namangan viloyatlarida 1600 m dan yuqorida qor ko'chishi xavfi bor. Sharqiy shamol yo'nalishini o'zgartirib g'arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo'ladi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!