Xayirli tun, Guest!
Soat: 03:18
telegram
Qoidabuzar avtoblogerga chora ko'rmay qo'yib yuborildi. Mutasaddilarga chora ko'riladimi?

 31 MART, 09:00 2823

.

Toshkent shahrida qarama-qarshi yo'nalish bo'ylab harakatlanib, yo'l-harakati qoidalarini buzgan avtoblogerga chora ko'rmay qo'yib yuborgan YPX xodimiga hayfsan berildi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, 9 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda «Qarama-qarshi yurgan haydovchiga YPX xodimi jarima tuzmadi» sarlavhasi ostida videolavha tarqalgan. Videolavhada YPX xodimi F.Sayxamatov tomonidan haydovchi Otabek Mashrapov boshqaruvidagi avtomobil to'xtatilgani, xodim haydovchiga qoidabuzarlik sodir etganligini aytganini ko'rish mumkin. Lekin YPX xodimi haydovchiga nisbatan o'rnatilgan tartibda ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirmasdan, yo'lida davom etishiga ruxsat berib yuborgan.

Ta'kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan  Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o'tkazilgan.

Tekshiruv xulosasiga ko'ra, xizmati davomida Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan «Yo'l-patrul xizmati xodimlarining yo'l harakati qatnashchilari bilan o'zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to'g'risida»gi nizom hamda ichki ishlar vazirining ayrim me'yoriy buyruqlari talablarini buzganligi aniqlangan.

Shu sabab Toshkent shahar IIBB YHXB YPX xodimi F.Sayxamatovga hamda qo'l ostidagi xodimlar ustida kunlik va idoraviy nazoratni etarli darajada olib bormaganligi uchun Toshkent shahar IIBB YHXB YPXB maxsus divizion komandiri J.Mo'minovga hayfsan intizomiy jazosi qo'llanilishi bo'yicha xulosa qabul qilingan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!