Xayirli kun, Guest!
Soat: 14:34
telegram
Sirdaryodagi o'quvchi qizlar mushtlashuvi bo'yicha rasmiy ma'lumot berildi. Avvalgi ma'lumot rad eti

 3 APREL, 17:25 126

.

Sirdaryo viloyati hokimligi Mirzaobod tumanida maktab o'quvchilari o'rtasida janjal aks etgan videolavha yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

"Maktab o'quvchilari o'rtasida bo'lgan mazkur janjal Mirzaobod tumani 5-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi hovlisida sodir bo'lgan. 

Joriy yilning 25 yanvarida umumiy o'rta ta'lim maktabining 9-sinf o'quvchilari G.P. (qiz bola) va R.M. (qiz bola) ning o'zaro kelishmovchilik oqibatida tortishuvi janjalga sabab bo'lgan. Bu vaqtda janjallashayotgan o'quvchi qizlarni shu sinf o'quvchisi K.Z. (o'g'il bola) tomonidan telefon kamerasida videotasvirga olingan hamda ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yuborilgan. 

Mazkur holatda ikki o'quvchiga ham tan jarohatlari etmagan. Viloyat hokimligi, xalq ta'limi va ichki ishlar boshqarmasi mas'ullari, maktab rahbariyati, o'quvchilar va ularning ota-onalari ishtirokida ko'ngilsiz holat tanqidiy-tahliliy ruhda o'rganib chiqilgan. Olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida ikki o'quvchi o'zaro yarashuvga qo'l uzatishgan.

Shuningdek, maktab ma'muriyati tomonidan o'quvchilarning ta'lim-tarbiyasi va xulq-atvori doimiy nazoratga olingan.

Shu bilan birga, maktabda tarbiya jarayoni to'g'ri yo'lga qo'yilmaganligi, o'quvchilarni maktabdan tashqari band qilish ishlarida kamchiliklar mavjudligi aniqlanib, maktab direktori va direktorning ma'naviyat masalalari bo'yicha o'rinbosariga tegishlicha intizomiy chora qo'llanilgan.

O'quvchilarning ota-onalari farzand tarbiyasidagi o'z majburiyatlarni etarli darajada bajarmaganliklari uchun qonun hujjatlariga muvofiq jarimaga tortilgan", deyiladi rasmiy munosabatda.

Avvalroq Sirdaryo viloyati xalq ta'lim boshqarmasi axborot xizmati xodimi Orif Mirziyoev ushbu voqea o'tgan yili bo'lib o'tganligi haqida ma'lumot berganini yozgandik.  Sirdaryo viloyati hokimligi bu ma'lumotni rad etdi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!