logotip
Hi, Guest!
Soat: 15:42
LoginA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Rasman: Mahmud Muradovning navbatdagi jangi malum +POSTER

 3 YANVAR, 14:30

UFC promoushenidagi ilk jangchimiz Mahmud Muradov 2022 yilning 26 fevral kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida oktagonga chiqadi.

Xabar berganimizdek, shu kuni Muradov latviyalik 34 yoshli Misha Cirkunov bilan jang o'tkazadi. Cirkunov oxirgi ikkita jangida Rayan Spennga texnik nokaut, Kshishtof Yotkoga esa ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy bergan. 

31 yoshli Muradov esa so'nggi jangida UFC`dagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib olgan edi. Jerald Mershart kutilmaganda hamyurtimizni bo'g'ib qo'ygandi. Ungacha Mahmud Alessio Di Kiriko, Trevor Smit va Endryu Sancheslarni mag'lubiyatga uchratgandi.

Malumot uchun, Mahmud Muradov - Misha Cirkunov jangi joy olgan turnirning markaziy to'qnashuvi Islam Maxachev va Beneil Dariush o'rtasida bo'lib o'tadi. Engil vazn toifasidagi ushbu jang kamar uchun davogar nomini aniqlab beradi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

BILDIRILGAN FIKRLAR