Xayirli kun, Guest!
Soat: 14:48
telegram
Putinning asosiy xobbisi ma'lum bo'ldi

 31 MART, 09:00 636

.

O'qish Rossiya prezidenti Vladimir Putinning asosiy xobbisidir. Bu haqda uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi.

“Asosan bu tarixiy adabiyot, yodnomalar”, - deya aniqlik kiritdi u.

Peskovning so'zlariga ko'ra, Putin ham Kreml, ham Novo-Ogarevoga keltiriladigan gazetalardan yozib oladi. Bundan tashqari, gazetalar hamisha uning samolyotida bo'ladi. Shuning uchun Rossiya rahbari biror joyga parvoz qilayotganda ham ularni o'qib turadi.

Rossiya etakchisining matbuot kotibi Putin yana nemis hamda  ingliz tilidagi telekanallarni tomosha qilishini aytdi.

“Har kun emas, lekin haftada bir necha marta ingliz tili bilan, albatta, shug'ullanadi. Bu qisqa mashg'ulotlar, biroq muntazamdir”, - deydi Peskov.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!