Suriyadagi o'zbeklar taqdiri haqida yangi film: «Tutqunlik»
3 APREL, 15:25
Suriyaga borib qolgan vatandoshlar taqdiri haqida film suratga olish boshlandi
«O'zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga binoan «Buxoriylar» studiyasi tomonidan «Tutqunlik» dramasining suratga olish ishlari boshlandi.
Qayd etilishicha, film Suriyadan ayollar va bolalarni olib kelish bo'yicha 2019-2020 yillarda o'tkazilgan «Mehr» operatsiyasiga bag'ishlanadi.
«Filmda asosan, turli vaziyatlar bilan Suriyaga borib qolgan insonlar, oilalar taqdiriga urg'u beriladi. Yaqin Sharqga ish izlab borgan yosh feldsher yigit, erining orqasidan borishga majbur bo'lgan va uni yo'qotib qo'ygan ayol, ota-onasi Suriyaga olib ketgan 11 yoshli o'spirin yigitcha kabi qahramonlar taqdiri haqida hikoya qilinadi», - deyiladi xabarda.
Hozirda filmning tasvirga olish ishlari Buxoroda bo'lib o'tmoqda.
Manba: aniq.uz