Xayirli kun, Guest!
Soat: 14:08
telegram
Jizzaxda IIB xodimi o'z ko'ksiga o'q uzgan. U vafot etgan

 3 APREL, 14:25 132

.

Jizzax viloyati prokuraturasi “HUQUQ va ISTE`MOLCHI” gazetasida chop etilgan IIB xodimining o'limi borasidagi maqola yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

"2020 yil 29 avgust kuni soat taxminan 09-40 larda Do'stlik tuman IIB ma'muriy binosining nazorat o'tkazish punktida xizmatga jalb qilingan tuman IIB xodimi bo'lgan marhum Sh.B o'ziga biriktirilgan “Makarov” nomli 7230-raqamli jangovar qurol bilan ko'krak qismiga bir marotaba o'q uzib, tan jarohati olganligi sababli tuman tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo'limiga yotqizilgan. Tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari tomonidan ko'rsatilgan tez tibbiy yordamlarga qaramasdan, Sh.B soat 10-30 larda vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda", deyiladi maqolada.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!