Xayirli kun, Guest!
Soat: 13:22
telegram
Farg'onada eri va uning akasi tomonidan kaltaklangan ayol: tafsilotlar ma'lum bo'ldi

 3 APREL, 14:20 133

.

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Farg'onada ayol kishi eri va uning Milliy gvardiyada ishlaydigan akasi tomonidan rezina dubinka bilan kaltaklagani aytilgan videolavha tarqaldi. Videolavhada yuz-ko'zi ko'kargan ayol eri va uning akasi tomonidan kaltaklanganini aytgan.

Xo'sh, kaltaklangan ayol kim? Nega u bu holga keltirildi? O'tkazilgan jurnalistik surishtiruv natijasida ma'lum bo'lishicha voqea 2020 yil iyun oyida sodir bo'lgan. Ayolni kaltaklagan erkaklarning biri shar'iy nikohdagi eri bo'lib, ichki ishlar vazirligida ishlaydi, ikkinchi erkak erining akasi, milliy gvardiya xodimi. Bu haqda "zamon.uz" yozmoqda.

Ayol asli Qirg'izistonlik bo'lib, Farg'onada yashaydi. 2019 yilgacha ayol yigit bilan shar'iy nikohda yashab kelgan. Nikohidan bir nafar farzandi bor. Ayol bir necha yil avval Jinoyat Kodeksining 168 – moddasi bilan sudlangan. Yigit bu ayol bilan yashirincha yashab yurgan, 2020 yil boshqa ayol bilan rasman nikohdan o'tadi. Bundan xabar topgan shar'iy nikohdagi ayol janjal ko'tarib, shar'iy eriga to'ydan bir kun avval shart qo'yadi. Shartida, o'zaro tug'ilgan farzandiga otalikni belgilashni va familiyasini berishini, aks holda yigitning to'yini buzishini va sharmanda qilishini aytadi. Ilojsiz yigit to'ydan bir kun oldin farzandiga familiya berish bilan shug'ullanadi. To'y o'tgach ayol yigitning uyiga borib, uy olib berishini talab qilib yana janjal ko'taradi. Oradan bir oz vaqt o'tgach yigit va uning oilasi mashinada ketayotganda ularni poylab yurgan ayol mashina yo'lini to'sadi. O'rtada yana janjal boshlanadi. Mashinada o'tirgan yangi kelin ham tushib, o'z qonuniy erini himoya qilish uchun o'rtaga aralashadi. Ayol shu vaqt kelinga tashlanib, sochini yulib erga yiqitib ura ketadi. Yigit ularni ajratishga harakat qiladi, ammo ayol yosh kelinning sochini qo'yib yubormagach, yigit ilojsiz kuch ishlatadi.

Orada kelinning sochini qo'yib yuborishi uchun ayolning qo'lni tishlab ham oladi. Milliy gvardiyada ishlaydigan yigitning akasi ham jim qarab turolmaydi, u ham o'rtaga aralashadi. Shu vaqt ikki erkak tomonidan ayol kaltaklanadi.

Bo'lib o'tgan holat prokuraturaga oshirilgan. Yigitga nisbatan intizomiy chora ko'rilgan. Prokuror tomonidan kaltaklanish qasddan deb topilmagan, sababi janjal ikki ayolni ajratish maqsadidan kelib chiqqan. Ma'lum bo'lishicha ayol voqeadan so'ng yigit bilan o'zaro munosabatni tiklash maqsadida bir necha marotaba harakat qilgan, natija bo'lmagach yigit va uning akasini ishdan olish maqsadida turli tashkilotlarga bir necha bor yozma murojaat qilgan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!