Xayirli kun, Guest!
Soat: 12:31
telegram
Tezkor: Sirdaryoda maktab o'quvchi qizlari o'rtasida ayovsiz mushtlashuv sodir bo'lganligi aytilmoqd

 3 APREL, 14:10 114

.

«Sirdaryo Xabarlari»ga @SirdaryoBOT orqali qizlar o'tasidagi mushtlashuv, urush-janjal voqealari aks ettirilgan videolavha kelib tushdi. Voqea katta ehtimol bilan Mirzaobod tumanidagi 5-maktab hududida sodir bo'lganligi aytilmoqda. 

Videolavhada bir-biri bilan urushayotgan o'smir yoshdagi qizlarning haqoratli so'zlar bilan nomaqbul gaplar aytishayotganligini, maktab o'quvchilari va o'qituvchilari ularni ajratmoqchi bo'layotganligini ko'rishimiz mumkin.

Shuningdek, videolavhadagi voqea ishtirokchilarining qish fasliga oid kiyimlarda ekanliklari va atrofdagilarning ayrimlari tibbiy niqob taqib olganliklariga tayanib, voqea hodisasining yaqin kunlar ichida sodir bo'lganligini taxmin qilishimiz mumkin. 

Ma'lumot o'rnida, hozircha voqea yuzasidan rasmiy ma'lumot berilmagan. 

Tafsilotlar o'rganilmoqda...

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!