Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 03:47
Saytga kirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Misr fir'avnlarining 20dan ortiq mumiyolari ko'chiriladi

 3 APREL, 13:20

Misr fir'avnlari va qirolichalarining 22 ta mumiyolari Qohira markazidagi Misr milliy muzeyidan Fustat hududidagi yangi Misr tsivilizatsiyasi milliy muzeyiga ko'chiriladi, deb xabar beradi «TASS».

Mumiyolarni ko'chirish uchun shahar ma'muriyati shaharning bir qancha markaziy ko'chalarini to'sib, Anvar Sadat metro stantsiyasini vaqtincha yopmoqchi.

Oltin fir'avn paradida mumiyolar qadimgi Misr hukmdorlari nomlari yozilgan stilize qilingan aravalarda tashiladi. Mumiyolarni tashish marosimi jurnalistlar tomonidan yoritiladi.

Yangi muzeyda mumiyolar namlik, qo'ziqorin, bakteriya va hasharotlardan himoya qilish uchun yumshoq kislorodsiz azot kameralariga joylashtiriladi.

Qadimgi Misrni erkaklar shaklida boshqargan Ramses II, Seti I va qirolicha Xatshepsut singari 18 fir'avn va to'rtta malikaning mumiyolari yangi joyga ko'chiriladi.

Manba: aniq.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR