Xayirli kun, Guest!
Soat: 14:17
telegram
Jizzaxda er telegramdagi yozishmalari tufayli xotinini o'ldirdi

 3 APREL, 13:10 127

.

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro M.N va B.T.ning tuman hokimi qarori bilan ajratilgan fermer xo'jaliklariga qarashli er maydonlari tuman zaxirasiga olib qo'yilganligidan noroziligi haqida videomurojaat tarqalgan.

Aniqlanishicha, Zarbdor tuman hokimining 22.11.2019 yildagi 4551-sonli qarori bilan fuqaro M.N.ga “Bo'ston” massivining 19ch-konturidan jami 30,5 gektar er maydoni 49 yil muddatga ijaraga ajratib berilgan.

Tuman hokimining 31.12.2019 yildagi 4813-sonli qaroriga asosan fuqaro B.T.ga “Bo'ston” massivining 6-7,11,14-15-konturlaridan jami 90,8 gektar er maydonlari 49 yil muddatga ijaraga ajratib berilgan.

Ushbu fermer xo'jaliklarining er maydonlari tuman hokimligining zahirasiga olinmasdan 08.09.2020 yildagi 744-sonli tuman hokimining qarori bilan “Milliy Oq Oltin Agro” MChJga ajratib berilgan  754,2 gektar er maydonlariga qo'shib yuborilgan.

Shundan so'ng, Zarbdor tumani er uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko'rib chiquvchi komissiyaning 28.12.2020 yildagi yig'ilish bayoniga asosan, ushbu er maydonlari tuman zahirasiga qaytarish to'g'risidagi qaror qabul qilingan va tuman hokimining 30.12.2020 yildagi 1160-sonli qarori bilan “Milliy Oq Oltin Agro” MChJga er ajratish to'g'risidagi tuman hokimining 08.09.2020 yildagi 744-sonli qarori bekor qilingan.

Tuman hokimligining murojaatiga asosan tuman prokuraturasi tomonidan 08.01.2020 yilda tuman hokimining 22.11.2019 yildagi 4551 va 4813-sonli qarorlarini bekor qilish bo'yicha protest keltirilgan va tuman hokimining 11.01.2021 yildagi 06,07-sonli qarorlari bilan bekor qilingan. 

Ushbu fermer xo'jaliklarining 40 gektar er maydonlari tumandagi ishsiz yoshlarga ajratib berilgan. Murojaatlarni o'rganish davomida tuman Er resurslari va davlat kadastri bo'limi boshlig'iga nisbatan O'zbekiston Respublikasi MJtKning 66-moddasi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!