2 aprel kuni necha kishi emlandi?
3 APREL, 11:35
Vaktsinatsiyaning ikkinchi kunida Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlaridan jami 9211 nafar fuqaro emlandi.
Vaktsina olganlarning 3726 nafarini 65 yoshdan yuqori fuqarolar va 5485 nafarini tibbiyot xodimlari tashkil qildi.
2 aprel kunidagi emlash ko'rsatkichlari bo'yicha yuqori o'rinlarni: ?Toshkent shahri (2313 nafar), ?Qashqadaryo viloyati (1021 nafar), ?Andijon viloyati (783 nafar), ?Toshkent viloyati (740 nafar), ?Namangan viloyati (713 nafar) band qildi.
Emlash jarayonlari davom etadi.
Manba: aniq.uz