Xayirli tun, Guest!
Soat: 03:05
telegram
Milliy gvardiya xodimi xizmat mashinasida odam urib ketdi. Piyoda shifoxonada vafot etdi

 3 APREL, 11:30 112

.

Kecha, 2 aprel kuni Milliy gvardiya Farg'ona viloyati bo'yicha boshqarmasiga tegishli bo'lgan “UAZ Pikap” rusumli avtomashinasida yo'l-transport hodisasi sodir etilgan. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi ma'lum qildi.

Ushbu xizmat avtomashina haydovchisi S.Sh. xizmat yuzasidan Farg'ona tumani, “Farg'ona-Vodil” yo'nalishida harakatlanib ketayotgan vaqtida, piyodalar o'tish uchun belgilanmagan joyda chap tomondan o'ng tomonga qarab yo'lni kesib o'tayotgan fuqaro B.N. ni urib yuborgan.  

Shundan so'ng harbiy xizmatchi o'zining avtomashinasida ushbu fuqaroni Shoshilinch tez tibbiy yordam Farg'ona shahar filialiga olib borgan. Afsuski, jabrlanuvchi olgan jarohatlari oqibatida vafot etgan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!