Xayirli tun, Guest!
Soat: 03:38
telegram
Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatilmoqda?

 3 APREL, 05:30 103

.

O'zgidromet xabariga ko'ra, 3 aprel kuni iliq havoning kirib kelishi kuchayadi, kechasi harorat 0...+5 daraja iliqni tashkil etadi, kunduzi harorat +19...+22 darajagacha ko'tariladi, bu aprel oyi boshidagi o'rtacha ko'p yillik qiymatlaridan 2-3 daraja yuqori.  Respublika bo'yicha yog'ingarchiliksiz ob-havo bo'lishi kutilmoqda, faqat shimoliy hududlar bo'yicha ba'zi joylarda yomg'ir yog'adi, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. 4 aprel kuni nam havo massasi respublikaning barcha hududlarini qamrab oladi. Barcha joylarda yomg'ir yog'adi, momaqaldiroq bo'lishi mumkin, ba'zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati +8...+13 daraja iliqni tashkil etadi, kunduzi +11...+16 daraja iliqdan yuqori bo'lmaydi.  Shimoliy hududlarda kechasi va ertalab yomg'ir yog'adi, Farg'ona vodiysi viloyatlarida yomg'ir va momaqaldiroq bilan kuzatiladigan atmosfera fronti kechqurun bo'lib o'tadi.  Toshkent viloyati va Farg'ona vodiysida kechasi va kunduzi 5 aprelda yomg'ir yog'ishi saqlanib turadi. Respublikaning tog'oldi va tog'li hududlarida 4-5 aprelda yomg'ir yog'ishi kuchli bo'ladi, buning hisobiga ushbu hududlarda sel kelishi mumkin. 2-4 aprelda Toshkent va Namangan viloyatlarining 1600 metrdan yuqori tog'li hududlarida qor ko'chishi xavfi bor.

 

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!