Xayirli kech, Guest!
Soat: 19:15
Eng sara ajoyib videolar
Yulduzlar Rasmlari (New)
TIK TOKDAGI XIT MUSIQALAR
telegram
Farg'onada milliy gvardiya xodimi 26 yoshli erkakning umriga zomin bo'ldi (FOTO)

 2 APREL, 23:55 125

.

Farg'ona tumanida milliy gvardiya harbiy xizmatchi S.Sh. 2 aprel kuni xizmat yuzasidan «Farg'ona-Vodil» yo'nalishida harakatlanib ketayotib, piyodalar o'tish uchun belgilanmagan joyda yo'lni kesib o'tayotgan fuqaro B.N.ni urib yubordi.

Milliy gvardiya axborotiga ko'ra, hodisadan so'ng xodim o'z avtomashinasida jabrlanuvchini RShTYoIM Farg'ona shahar filialiga olib borgan. Jabrlanuvchi olgan jarohatlari oqibatida vafot etgan.


Farg'onada milliy gvardiya xodimi 26 yoshli erkakning umriga zomin bo'ldi (FOTO)


Farg'onada milliy gvardiya xodimi 26 yoshli erkakning umriga zomin bo'ldi (FOTO)

Holat yuzasidan jinoyat ishi ochilganicha yo'q. Farg'ona viloyati harbiy prokuraturasi tergov oldi harakatlarini olib bormoqda.

«UAZ Pikap» rusumli avtomashina Milliy gvardiyaning  Farg'ona viloyati boshqarmasiga tegishli. Mashina prokuratura ixtiyoriga topshirilgan.


Farg'onada milliy gvardiya xodimi 26 yoshli erkakning umriga zomin bo'ldi (FOTO)

Kun.uz manbasiga ko'ra, 26 yoshda bo'lgan marhumning bir nafar farzandi etim qoldi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!