O'zbekiston Qirg'izistonda tikuvchilik fabrikasini ochadi
2 APREL, 20:35
25-29 mart kunlari O'zbekiston «O'zto'qimachiliksanoat» uyushmasi va to'qimachilik korxonalari vakillari «Bishkek» erkin iqtisodiy zonasiga tashrif buyurishdi.
Bishkek EIZning bosh direktori Qudrat Taychabarov, «Nil-Granit» (SAMO brendi) kompaniyasi rahbari Akrom G'aniev va «O'zto'qimachiliksanoat» uyushmasi rahbarining o'rinbosari Doniyor Xabibullaev qo'shma hujjatni imzoladi.
Unga ko'ra, O'zbekiston Qirg'izistonda yirik tikuvchilik fabrika ish faoliyatini yo'lga qo'yish uchun 2 million dollar investitsiya kiritadi.
Manba: aniq.uz