Xayirli tun, Guest!
Soat: 03:22
telegram
Putin 2020 yilgi daromadlari haqidagi deklaratsiyani taqdim qildi

 2 APREL, 18:45 98

.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va hukumatning yuqori lavozimli rasmiylari 2020 yilgi daromad deklaratsiyasini taqdim qildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi, deb yozadi «RBK».

«Ha, deklaratsiyalarni topshirdik. Ular o'z vaqtida nashr etiladi», — dedi Peskov jurnalistlarga. Mamlakatdagi qoidaga ko'ra, deklaratsiyalar topshirilgandan ikki-uch hafta o'tgach nashr etiladi.

Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodin barcha deputatlar daromadlari to'g'risida hisobot berganini aytdi. «Deklaratsiyalar Davlat Dumasining rasmiy veb-saytida 14 ish kunidan kechiktirmay e'lon qilinadi», — deyiladi uning Davlat Dumasi saytidagi bayonotida. Federatsiya Kengashi spikeri o'rinbosari Yuriy Vorobyovning aytishicha, senatorlarning ham barchasi daromad deklaratsiyasini topshirgan.

Mehnat vazirligining daromadlar va mol-mulklar to'g'risidagi ma'lumotlarni deklaratsiya qilish bo'yicha uslubiy tavsiyalariga ko'ra, prezident, uning ma'muriyati xodimlari, hukumat a'zolari va federal davlat xizmatchilari 1 aprelga qadar o'z daromadlari to'g'risida hisobot berishi kerak edi.

Mintaqaviy va shahar davlat xizmatchilari, Markaziy bank va Pensiya jamg'armasi xodimlari, byudjetdan tashqari jamg'armalar xodimlari esa o'z hisobotlarini 30 apreldan kechiktirmasligi shart.

2019 yilda Putinning daromadi 9,726 million rubl (128 417 dollar)ni tashkil qilgan, bu prezidentning 2018 yildagi daromadidan bir millionga ko'p.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!