Xayirli kech, Guest!
Soat: 19:35
Eng sara ajoyib videolar
Yulduzlar Rasmlari (New)
TIK TOKDAGI XIT MUSIQALAR
telegram
Toshkentda bankomatdan pul o'g'rilagan shaxslarga sud hukmi o'qildi

 2 APREL, 18:40 98

.

Jinoyat ishlari bo'yicha Toshkent shahar Yashnobod tuman sudida, ochiq sud majlisida, sudya F.Ergashevning raisligida tekin boylik orttirishni ko'zlab jinoyat sodir qilgan D. R. ga nisbatan sud hukmi o'qildi.

Voqea quyidagicha sodir bo'lgan. Sudlanuvchi D. va R. o'zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, bir guruh bo'lib, oldindan til biriktirib, 2020 yil 27 dekabr kuni Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Birlashgan ko'chasida o'rnatilgan “UZPAYNET” MChJga tegishli, bahosi 16.635.850 so'm bo'lgan “Infokiosk” to'lov qabul qilish bankomatini noqonuniy ravishda egallab, bankomatning pul qabul qilish va saqlash joyini buzib ochgan va ichidan jami 2.944.000 so'm pullarni yashirin ravishda talon-toroj qilib, voqea joyidan yashirinishgan.

Bundan tashqari, sudlanuvchi D. va R., takroran, o'zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, bir guruh bo'lib, oldindan til biriktirib, 2020 yil 27 dekabr kuni soat 06:00larda Toshkent shahar, Mirzo-Ulug'bek tumani, Qorasuv-2 dahasida joylashgan “Korzinka.uz” savdo do'koni oldida o'rnatilgan “PAYFLOW” MChJga tegishli, bahosi 11.000.000 so'm bo'lgan “Infokiosk” to'lov qabul qilish bankomatini noqonuniy ravishda egallab, bankomatning pul qabul qilish va saqlash joyini buzgan va ichidan jami 2.019.000 so'm pullarni yashirin ravishda talon-toroj qilib, voqea joyidan yashirinishgan.

Shuningdek, sudlanuvchi D. va R. takroran, o'zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, bir guruh bo'lib, oldindan til biriktirib, 2021 yil 2 yanvar kuni soat 04:30larda Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Tuzel-3 mavzesida o'rnatilgan “MULTIPAY” MChJga tegishli, bahosi 23.000.000 so'm bo'lgan “Infokiosk” to'lov qabul qilish bankomatini noqonuniy ravishda egallab, bankomatning pul qabul qilish va saqlash joyini buzgan va ichidan jami 2.045.000 so'm pullarni yashirin ravishda talon-toroj qilib, voqea joyidan yashirinishgan.

Bundan tashqari, sudlanuvchi D.va R. takroran, o'zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, bir guruh bo'lib, oldindan til biriktirib, 2021 yil 2 yanvar kuni soat 05:20larda Toshkent shahar, Mirzo-Ulug'bek tumani, Qori Niyoziy ko'chasida joylashgan “BROOKLYN” nomli oziq-ovqat do'koni oldida o'rnatilgan “UZPAYNET” MChJga tegishli, bahosi 16.635.850 so'm bo'lgan “Infokiosk” to'lov qabul qilish bankomatini noqonuniy ravishda egallab, bankomatning pul qabul qilish va saqlash joyini buzgan va ichidan jami 2.944.000 so'm pullarni yashirin ravishda talon-toroj qilib, voqea joyidan yashirinishgan.

Bundan tashqari, sudlanuvchi D. va R. takroran, o'zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, bir guruh bo'lib, oldindan til biriktirib, 2021 yil 2 yanvar kuni soat 06:00larda Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Qorasuv ko'chasi, 5a-uyning oldida o'rnatilgan “MYKIOSK” XKga tegishli, bahosi 23.000.000 so'm bo'lgan “Infokiosk” to'lov qabul qilish bankomatini noqonuniy ravishda egallab, bankomatning pul qabul qilish va saqlash joyini buzgan va ichidan jami 1.108.000 so'm pullarni yashirin ravishda talon-toroj qilib, voqea joyidan yashirinishgan.

Sud, sudlanuvchilar, jabrlanuvchilarning ko'rsatuvlarini tinglab, dastlabki tergov jarayonida, sudda to'plangan dalillarni tekshirib va muhokama qilib, jinoyat ishidagi hujjatlarni tahlil qilib, taraflarning muzokaralari va sudlanuvchilarning oxirgi so'zini tinglab,, D. R. ni O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 169-moddasi 3-qismining “a” bandi bilan aybli deb topib, ularga shu moddaga asosan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinladi.

Sudlanuvchilardan “UZPAYNET” MChJning foydasiga jami 39.159.700 so'm moddiy zarar; “PAYFLOW” MChJning foydasiga jami 13.019.000 so'm moddiy zarar; “MULTIPAY” MChJning foydasiga jami 19.045.000 so'm moddiy zarar; “MYKIOSK” XK foydasiga jami 20.458.000 so'm moddiy zarar solidar tartibda undirish ko'rsatildi.

Manfaatdor taraflarga sudlanuvchilardan etkazilgan moddiy va ma'naviy zararni undirish masalasida fuqarolik tartibida sudga murojaat qilish huquqiga ega ekanligi tushuntirildi.

Apellyatsiya shikoyati va protestlari hukm e'lon qilingan kundan e'tiboran yigirma sutka ichida, mahkum, oqlangan shaxs, jabrlanuvchi tomonidan esa ularga hukmning ko'chirma nusxasi topshirilgan kundan e'tiboran shu muddat ichida berilishi mumkinligi tushuntirildi.

Farrux Ergashev,

jinoyat ishlari bo'yicha Toshkent shahar, Yashnobod tuman sudi sudyasi

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!