Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:50
telegram
Toshkentda 36 yoshli erkakni bilyard tayog'i bilan kaltaklashdi

 2 APREL, 18:00 110

.

Toshkent viloyati. 2021 yilning 20 mart kuni soat 21:30 larda 26 yoshli Muxriddin B., mast holatda Quyichirchiq tumani Ko'ksaroy MFY., hududida  36 yoshli Baxramjon R., bilan o'zaro janjallashib, bilyard tayog'i bilan uning bosh qismiga urib jarohat etkazgan. Natijada Baxramjon R., bosh miya ochiq jarohati, bosh miya lat eyishi kabi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Sud tibbiy ekspertiza xulosasida Baxramjon R., og'ir turdagi tan jarohatlar olganligi ko'rsatilgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, Muxriddin B., va Baxramjon R., lar hech bir sababsiz janjallashib qolganliklari, ularning ikkalasi ham mast holatda bo'lganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Quyichirchiq tumani IIB huzuridagi Tergov bo'limi tomonidan Muxriddin B.,ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “e,l” bandlari (Qasddan badanga og'ir shikast etkazish, ya'ni bezorilik oqibatida sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo'lgan ashyolarni ishlatib ) bilan jinoyat ish qo'zg'atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!