Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 21:57
Saytga kirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Dilshodbek Ro'zmetov Parij Olimpiadasi g'olibligidan keyin butunlay prof boksga o'tadi + VIDEO

 16 DEKABR, 21:40

Dilshodbek Ro'zmetovning murabbiyi Farruh Qilichev shogirdining debyuti haqida gapirdi.

Ertaga Ekaterinburgdagi jahon chempionati kumush medali sohibi Dilshodbek Ro'zmetov prof boksdagi debyut qiladi. Bugun bokschilar ishtirokida vazn o'lchash hamda ko'z urishtirish marosimlari bo'lib o'tdi. Farruh Qilichev shogirdining prof boksdagi ilk jangi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Tayyorgarlikda asosiy etiborni O'zbekiston chempionatiga qaratdik. Dilshod chempionatda 4 ta jang o'tkazib, yakunda kumush medalni qo'lga kiritdi. Bularning hammasi yaxshilikka. Hali oldinda qita, jahon chempionatlari, Parij Olimpiadasi bor. 

Prof boksdagi debyuti haqida gapiradigan bo'lsam, hamma narsani tezroq bo'lgani yaxshi deyishadi. Hali biroz erta bo'lsa ham professional boksga o'tishga qaror qildik. Bu prof boksga butunlay o'tib ketdi, degani emas. Ham havaskorda ham professional ringda reyting janglarida ishtirok etmoqchimiz. 

Nasib qilsa, Parij Olimpiadasida g'olib bo'lganidan so'ng butunlay prof boksga o'tish niyatidamiz. Professional boks bu - professionallar boksi! U katta matonat, kuch-quvvat va ko'p mehnat talab qiladi. SHogirdimga ertangi jang oldidan omad tilayman. In SHaa Alloh, chiroyli tarzda g'alaba qozonadi», - dedi Farruh Qilichev.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR