Xayirli tong, Guest!
Soat: 11:47
telegram
2026 yilgi qishki Olimpiada timsoli taqdim etildi

 2 APREL, 16:45 107

.

Xalqaro Olimpiya qo'mitasi Italiyaning Milan va Kortina-d'Ampetstso shaharlarida o'tadigan 2026 yilgi qishki Olimpiada timsolini taqdim etdi. XOQda ta'kidlanishicha, Olimpiada timsoli ilk bor umumxalq ovoz berish yo'li bilan tanlandi.  

Tanlovning final bosqichiga Dado va Futura emblemalari chiqqan. Olimpiada timsollari bo'yicha ovoz berish 6 mart kuni boshlangan va onlayn shaklda o'tgan. Unda 871 ming kishi ishtirok etgan. Ulardan 74 foizi o'z ovozini Futura’ga bergan.

2026 yilgi Olimpiada timsoli kulrang 26 soni ko'rinishida bo'lib, u an'anaviy tarzda Olimpiya halqalari ustida joylashgan.

XOQning 2026 yilgi Olimpiada bo'yicha muvofiqlashtiruvchi komissiyasi raisi Sari Essayyaning ta'kidlashicha, logotip “sport, birdamlik va barqaror rivojlanish mavzularini birlashtirib, qishki Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarining asosiy qadriyatlarini aks ettiradi”.

 2026 yilgi Olimpiada 2026 yilning 6-26 fevral kunlari bo'lib o'tishi belgilangan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!