Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:40
telegram
O'zbekiston ilk bor boks bo'yicha 2023 yilgi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

 2 APREL, 16:05 127

.

Ayni paytda O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasida AIBA prezidenti Umar Kremlyov ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tmoqda, deya xabar bermoqda O'zbekiston MOQ matbuot xizmati.

Xabar berilishicha, tadbirda Umar Kremlyov 2023 yilgi boks bo'yicha erkaklar o'rtasidagi jahon chempionati Toshkentda bo'lib o'tishini rasman e'lon qilgan.

Har ikki yilda o'tadigan turnirning so'nggisi – 2019 yilda Rossiyaning Ekaterinburg shahrida o'tkazilgan bo'lib, O'zbekiston milliy jamoasi charmqo'lqop sohiblari 3ta oltin, bitta kumush va bitta bronza medalini qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida o'z tarixida ilk marta 1-o'rinni qo'lga kiritgandi.

Avvalroq, 2021 yilgi jahon chempionatiga Serbiya poytaxti Belgrad mezbonlik qilishi e'lon qilingandi. 

Eslatib o'tamiz, boks bo'yicha 2023 yilda Toshkentda o'tadigan jahon chempionati O'zbekiston tarixidagi dastlabki turnir bo'ladi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!