Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:59
telegram
Qirg'izistonlik diplomat vaktsina sabab vafot etdimi?

 2 APREL, 15:35 113

.

Qirg'iziston Tashqi ishlar vazirligi Konsullik xizmati departamenti direktori o'rinbosari Baxtiyor Shakirov Onalar va bolalarni himoya qilish milliy markazida vafot etdi. Bu haqda Sputnik Qirg'iziston Bishkek shahar Lenin tumani IIB matbuot xizmatiga asosan xabar qildi.

Voqea joyiga etib borgan militsiya xodimlari dastlabki ma'lumotlarni olishdi. Xususan, 31 mart kuni soat taxminan 22:30 da Shakirov tibbiyot muassasasiga kapelnitsa va ukol olish uchun o'z dori-darmonlari bilan kelgan. Hamshiralar barcha muolajalarni bajargandan so'ng, u o'zini yomon his qiladi. Shoshilinch yordam ko'rsatilishiga qaramay, hushini yo'qotadi va shu erning o'zida vafot etadi.

Mazkur holat yuzasidan sud tibbiy ekspertizasi tayinlandi.

Keyinchalik sog'liqni saqlash masalalari bo'yicha media ekspert Elena Bayalinova Shakirovning qarindoshlariga asoslanib, bir kun oldin u koronavirusga qarshi emlanganligini aytadi.

Sog'liqni saqlash vazirligi bu ma'lumotni rad etib, Shakirov emlanganlar ro'yxatida yo'qligi haqida xabar qildi. Vafot etgan diplomatning tanasida emlash izi yo'qligi ma'lum qilindi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!