Xayirli tun, Guest!
Soat: 22:47
telegram
Qashqadaryoda qimorxona tashkil qilgan shaxs 7 yilga "kesilishi" mumkin

 2 APREL, 14:30 98

.

Qashqadaryo viloyati. 2021 yilning 29 mart kunidan 30 mart kuniga o'tar kechasi soat 01:45 larda tuman IIB xodimlari tomonidan fuqaro 34 yoshli Zokir A., o'zining yashash joyi ya'ni, Qamashi tumani Olmazor MFY.,da joylashgan xonadonida qonunga xilof ravishda qimorxona tashkil qilib, ushbu mahallada yashovchi Xayrulla Q., Hamdam A., Eldor R.,larga qimor o'ynashlari uchun sharoit yaratib berib kelayotganligi aniqlanib, ulardan jami 606 000 so'm pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qamashi tumani IIB huzuridagi Tergov bo'limi tomonidan Zokir A.,ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o'yinlarni tashkil etish hamda o'tkazish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

Ta'kidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko'ra 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!