Xayirli kun, Guest!
Soat: 14:41
telegram
Ertaga jang! Hasanboy Do'stmatov va Bahodir Jalolovlarning ham raqiblari ma'lum (FOTO)

 2 APREL, 12:30 137

.

3 aprel kuni Toshkentdagi “Humo” arenasida tashkil etiladigan professional boks kechasida O'zbekistonning eng kuchli charm qo'lqop ustalari kuchli raqiblarga qarshi jang qiladi.  

Bo'lib o'tadigan mazkur boks oqshomida ishtirok etadigan 8 nafar o'zbekistonlik bokschilarning raqiblari ma'lum bo'ldi. 

Oldinroq Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi Murodjon Ahmadaliev (7-0, 6 KO) Yaponiyalik Ryosuke Ivasa (27-3, 17 KO)ga qarshi jang qilishi aytilgan, shuningdek, shuningdek Shahram G'iyosov va Isroil Madrimovlarning raqiblari to'g'risida ma'lumot berilgan edi.

Bugun esa qolgan bokschilarimiz qatorida yana ikki nafar Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari +90,7 kg vaznda Bahodir Jalolov (7-0, 7 KO) – Kristaps Zyutis (7-1-2, 7 KO; Latviya) bilan, -48,99 kg vaznda Hasanboy Do'smatov (2-0, 2 KO) — Muhsin Kizota (11-2, 5 KO; Tanzaniya)ga qarshi 10 raundlik WBA International chempionlik kamari uchun ringga ko'tarilishlari ma'lum bo'ldi.


Ertaga jang! Hasanboy Do'stmatov va Bahodir Jalolovlarning ham raqiblari ma'lum (FOTO)

Shu bilan birga ushbu kechada -57,15 kg. vaznda Mirazizbek Mirzahalilov (debyut) – Tasha Mjuaji (17-7-2, 5 KO; Tanzaniya), -69,85 kg. Iqboljon Xoldorov (debyut) – Kluva Bushiri (13-5-1, 5 KO; Tanzaniya), -90,7 kg. Sanjar Tursunov (2-0, 1 KO) – Ivan Yuxta (3-1-1, 2 KO; Ukraina) janglariga guvoh bo'lamiz.

Bokschilarimizga ushbu janglarda omad tilaymiz!

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!