Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 04:21
Saytga kirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Qarshi shahrida muqaddam 3 marotaba sudlangan fuqaro yana firibgarlik jinoyati ustida ushlandi

 2 APREL, 12:15

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahar bo'limi tomonidan viloyat IIB va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda o'tkazilgan tezkor tadbirda, muqaddam 3 marotaba firibgarlik va pora berish kabi jinoyatlari uchun sudlangan fuqaro I.M. fuqaro X.ni 2 000 AQSh dollari evaziga Milliy gvardiyaning viloyat boshqarmasi tizimiga tanishlari orqali ishga joylashtirib qo'yishga ishontirib, 1 500 AQSh dollarini firibgarlik yo'li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan I.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda. 

Manba: aniq.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR