Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 23:17
Saytga kirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Qozog'iston prezidenti o'z hukumatiga tahdid qildi

 2 APREL, 11:05

Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo'mart To'qaev payshanba kuni bo'lib o'tgan uchrashuvda mamlakatda aholini “COVID-19”ga qarshi emlash ishlari tezlashtirilmasa, hukumatni iste'foga chiqarish bilan tahdid qildi.

Qozog'iston fevral oyida Rossiyaning Sputnik-V vaktsinasidan foydalangan holda ommaviy emlash kampaniyasini boshlagan edi. Ammo shu kungacha emlashni faqatgina 47,000 kishi qabul qilgan.

Sog'liqni saqlash vaziri Aleksey Tsoyga murojaat qilgan prezident, aprel oyida vaziyat o'zgarishi kerakligini, aks holda sog'liqni saqlash vazirligi xodimlari uchun dilni xira qiluvchi qarorlar qabul qilinishini aytdi.

Manba: aniq.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR