Xayirli tun, Guest!
Soat: 04:51
telegram
Turkiyada rekord: Bir kunda 40 mingga yaqin yangi kasallar aniqlandi

 2 APREL, 10:55 72

.

Sog'liqni saqlash vazirligining 31 mart kuni bergan xabarlariga ko'ra, Turkiyada o'tgan 24 soat ichida 39 302 kishining koronavirusga chalingani aniqlandi. Bu Turkiyada koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri qayd etilgan eng yuqori kunlik ko'rsatkich hisoblanadi.

Mart oyining boshida turk hukumati mamlakatda virus tarqalishini kamaytirish uchun o'rnatilgan cheklovlarni yumshatgandi. Ammo, bu holat yangi kasallanishlar sonining oshishiga olib keldi. Shuning uchun 29 mart kuni prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an ehtiyot choralari kuchaytirilishi, jumladan, musulmonlar uchun muqaddas bo'lgan Ramazon oyida har haftaning shanba va yakshanba kunlari to'liq lokdaun holati joriy qilinishini e'lon qildi.

Sog'liqni saqlash vazirligining ma'lumotlariga ko'ra, mamlakatda o'tgan sutka davomida 152 kishi koronavirusdan vafot etdi va bu bilan virus qurbonlarining umumiy soni 31 537 kishiga etdi.

«Bizda koronavirusning britancha shtammi 180 448 kishida aniqlandi va bu mamlakatimizdagi COVID-19ga chalinganlarning 75 foizini tashkil qiladi» dedi Sog'liqni saqlash vaziri Fahrettin Kocha.

Kocha, shuningdek, hukumat iyun oyining oxiriga qadar aholining aksariyat qismini emlashga qaror qilganligini aytgan. Turkiyada 14 yanvar kuni koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlangan bo'lib, shu paytgacha 16 milliondan ortiq odam vaktsinani qabul qilib olgan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!