logotip
Hi, Guest!
Soat: 06:09
LoginA'zo bo'lish
SAYTDAN QIDIRISH
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

“Oskar” taqdimoti ilk bor bir nechta davlatda o'tkaziladi

 2 APREL, 10:25

“Oskar” kinomukofoti topshirilish marosimi birinchi marta nafaqat AQShda, balki Evropa davlatlarida o'tkazilishi mumkin. Joriy yildagi “Oskar” taqdimotini pandemiya sababli Los-Anjelesdan tashqari, Parij va Londonda o'tkazish rejalashtirilmoqda.

Nollywood Reporter nashrining xabar berishicha, 93-taqdimot tashkilotchilari ba'zi nomzodlar pandemiya sababli AQShga kelishlari dargumonligini aytishgandan keyin shunday qarorga kelgan.

Taqdimotni 25 aprelda o'tkazish rejalashtirilgan, biroq uning Parij va Londondagi qismi o'tkaziladigan joylar hali noma'lum.  

Shu bilan birga, taqdimot prodyuserlari “Oskar” ishtirokchilaridan Los-Anjelesga kelishni so'rashmoqda.

AQShga keladigan ishtirokchilar 10 kunlik karantindan o'tishlari kerak bo'ladi. Bu bilan bog'liq barcha xarajatlarni taqdimot hamkorlari o'z zimmasiga olishga tayyor.

Ta'kidlash joiz, taqdimotning AQShdagi asosiy qismini ham ikkita joyda - Los-Anjelesdagi “Yunion Steyshn” vokzalida va Gollivuddagi “Dolbi” teatrida o'tkazish rejalashtirilgan.

Shuningdek, joriy yilda birinchi marta “Oskar” taqdimotida katta ekranlarga chiqarilmay, striming servislar orqali namoyish qilingan filmlarga ishtirok etishga ruxsat berilgan.

Manba: aniq.uz

butsanet

BILDIRILGAN FIKRLAR