Xayirli kun, Guest!
Soat: 13:43
telegram
Zakot olishga loyiq bo'lgan aka-ukalari turib, o'zgalarga zakot bersa bo'ladimi?

 28 APREL, 10:10 107

.

Savol: Zakot olishga loyiq bo'lgan aka-ukalari turib, o'zgalarga zakot bersa bo'ladimi?

Javob: Zakot birinchi navbatda zakot olishga loyiq bo'lgan o'z yaqinlariga beriladi. Yaqinlari qancha yaqin bo'lsa, zakot olishga shunchalik haqli bo'ladi. Bular turganda, o'zgalarga zakot berish afzal emas. Zakot, fitr va nazrga haqlilar quyidagi tartibda bo'ladi:

1. Aka-uka, opa-singil; keyin ularning farzandlari;

2. Amaki va ammalar; keyin ularning farzandlari.

3. Tog'a va xolalar; keyin ularning farzandlari.

4. Yuqoridagilardan tashqari qarindoshlar;

5. Qo'shnilar;

6. Kasbdoshlar;

7. Hamshaharlar yoki qishloqdoshlar.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. "Mo'minning najoti" kitobidan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!