Xayirli kun, Guest!
Soat: 14:06
telegram
OMBUDSMAN: NOGIRONDAN ASOSSIZ OLIB QO'YILGAN UY EGASIGA QAYTARILDI

 28 APREL, 10:10 99

.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili(ombudsman)ga Surxandaryo viloyati, Boysun tumanida yashovchi nogiron farzandi bor, yolgiz ona X.Y tomonidan uy-joyi asosiz tortib olinayotgani bo'yicha murojaat kelib tushgan.

Kam ta'minlangan oilalar ro'yxatida turuvchi fuqaro X.Y o'z murojaatida farzandlaridan biri 2-guruh nogironi ekanligini bildirgan. Shuningdek, murojaat muallifi nogironligi bo'lgan bolasiga alohida parvarish kerakligi sababli, ro'zg'orni farzandi uchun beriladigan nafaqa puli orqali tebratishini bildirgan.

Ushbu murojaatni nazoratiga olgan Bola huquqlari bo'yicha vakil Aliya Yunusova holatni o'rganish davomida, ushbu oilaga 2018 yilda Boysun tuman hokimligi tomonidan nogironligi bo'lgan shaxslarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash, ularning turmush sharoitini yaxshilash maqsadida sertifikat asosida namunaviy uylardan biri berilganligi, lekin, fuqaro oylik kredit to'lovlarini to'lashga qo'li kaltalik qilgani sababli 3 oydan so'ng turar-joy olib qo'yilganligi aniqlandi. Yolg'iz onaning so'zlariga ko'ra, unga karantin davrida ham hokimlik tomonidan moddiy yordam ko'rsatilmagan.

Mazkur murojaat yuzasidan, Bola huquqalari bo'ycha vakil Surxandaryo viloyati hokimligiga murojaat qilib, fuqaroning turmush sharoitini inobatga olib, uning muammolarinin zudlik bilan hal etilishini va muntazam ravishda ushbu oilaga moddiy yordam ko'rsatilishini so'ragan.

Natijada uyi asossiz ravishda tortib olingan fuqaroning uy uchun to'lashi kerak bo'lgan jami 19.000.000 (o'n to'qqiz million) so'm Viloyat hokimligining homiylik mablag'lari hisobidan to'lab berildi. Shuningdek, murojaatchi “Temir daftar”ga kiritish orqali uni doimiy ravishda oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlanishiga erishildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!