Xayirli tong, Guest!
Soat: 11:56
telegram
Namanganda er xotinini muttasil qiynab, do'pposlab kelgani ma'lum bo'ldi

 27 APREL, 23:35 116

.

Namangan shahar, Quyi Rovuston MFY, Axsi ko'chasi 30-uyda yashovchi M.Qirg'izboeva 2021 yil 14-aprel kuni To'raqo'rg'on tuman IIB boshlig'i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda 2021 yil 12 aprel kuni kuyovi A.Xudayberdiev yashash xonadonida rashk sababli qizi U.Xolboevani urib tan jarohati etkazganligini ma'lum qilib, A.Xudayberdievga nisbatan qonuniy chora ko'rishni so'ragan.

Mazkur holat yuzasidan 14.04.2021 yilda tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlanib, fuqaro U.Xolbaevani tan jarohati olganligi holati yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. 

RSTEIAM To'raqo'rg'on tumanlararo bo'linmasining 23.04.2021 yildagi 634/470-sonli xulosasiga ko'ra, fuqaro U.Xolboeva badanidagi tan jarohatlarini ayrimlari 10-15 sutka avval, ayrimlari 2-3 sutka oldin qattiq o'tmas buyum ta'siridan, shuningdek arqon ta'siridan ham kelib chiqqanligi inkor etilmasligi, ushbu jarohatlar og'irlik darajasi bo'yicha sog'lig'ini buzilishiga sababchi bo'lgan engil tan jarohatlari turkumiga kirishi ko'rsatilgan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, oilaviy janjal kelib chiqishiga A.Xudayberdievning sha'riy turmush o'rtog'i U.Xolboevani rashq qilishi, unga ishonmasligi, muttasil uni qiynab, o'zining yashash xonadonida urib-do'pposlab kelishi sabab bo'lgani aniqlangan va bu haqida tegishli ko'rsatuvlar olingan.

Mazkur holat bo'yicha To'raqo'rg'on tuman IIB huzuridagi tergov bo'linmasi tomonidan fuqaro Xudayberdiev Abdulbori Abdurashidovichga nisbatan 24.04.2021 yilda JKning 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Tergov davomida, fuqaro A.Xudoyberdievga nisbatan 27.04.2021 yilda JKning 109-moddasi 2-qismi va 110-moddasi 1-qismi bilan himoya huquqlari to'liq ta'minlangan holda gumon e'lon qilinib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlandi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!