Xayirli kun, Guest!
Soat: 13:05
telegram
"IELTS imtihoni xarajatlari qoplab berilishi uchun kimga murojaat qilamiz?"

 27 APREL, 19:45 139

.

Imtihon xarajatlari qoplab berilishi uchun yoshlar qaerga murojaat qilishi kerak? AOKAda o'tkazilgan matbuot anjumanida mavzu yuzasidan ma'lumot berib o'tildi. 

«Tartibga ko'ra, imtihon topshirish xarajati kompensatsiya qilinadigan xalqaro imtihon tizimlari ro'yxati tasdiqlangan. Mazkur ro'yxatga GMAT, IELTS, TOEFL, GRE, SAT kabi imtihonlar kiritilgan. Imtihon topshirish xarajati 2021 yil 1 maydan boshlab kompensatsiya qilinishi boshlaydi.

CAE, DAF, JLPT, HSK va boshqalar bo'yicha xarajatlar 2022 yil 1 yanvardan boshlab kompensatsiya qilinadi.

Ariza beruvchi imtihon topshirish vaqtida 31 yoshga kirmagan O'zbekiston fuqarosi yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxs bo'lishi mumkin.

Imtihon xarajatlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qoplanadi.

Ushbu davlat xizmatini olish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishi mumkin.

So'rovnomaga imtihon topshirish xarajati to'langanini tasdiqlovchi kvitantsiya hamda maxsus sertifikat PDF shaklida ilova qilinishi kerak.

Yoshlar ishlari agentligi 15 kunda arizachining sertifikatini verifikatsiyadan o'tkazadi.

Sertifikatning haqiqiyligini verifikatsiya orqali aniqlash imkoni bo'lmasa, Yoshlar ishlari agentligi 30 kunda maxsus sertifikatning haqiqiyligini tasdiqlashni so'rab xorijiy tashkilotga so'rov yuboradi».

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!