Xayirli kech, Guest!
Soat: 19:32
Eng sara ajoyib videolar
Yulduzlar Rasmlari (New)
TIK TOKDAGI XIT MUSIQALAR
telegram
Ramazonda Masjidul haromni necha kishi ziyorat qildi?

 27 APREL, 19:30 118

.

Ramazon oyining dastlabki o'n kunligida Masjidul haromni umra amallarini bajarish va namoz o'qish maqsadida qariyb 1,5 million kishi ziyorat qilgan.

Saudiya Arabistonining rasmiy SPA agentligi xabariga ko'ra, Masjidul haromni ziyorat etish asnosida qat'iy profilaktika choralariga amalga qilinmoqda. Xususan, ziyoratchilar diniy amallarni xavfsizlikda ado etishlari uchun ijtimoiy masofaga rioya etilishi va niqob taqilishi ta'minlanyapti.

Umra ziyoratchilariga qulaylik yaratish maqsadida Ka'baning atrofida keksalar va imkoniyati cheklanganlar uchun maxsus yo'laklar tashkil etildi. Bundan tashqari, Ikki muqaddas masjid ishlari bo'yicha bosh boshqarma issiqdan himoyalanishlari uchun ziyoratchilarga soyabon tarqatyapti.

Ma'lumotlarga ko'ra, joriy haftada Makka va Madinada havo harorati 38 darajaga ko'tariladi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!