Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 20:04
Saytga kirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Allamjonov: "Bozorovning harakatlari haqiqiy pastkashlikdir"

 2 APREL, 00:15

Milliy mass-mediani qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov LGBTni targ'ib qilgan Bozorov haqida fikr bildirdi. 

"Kun.uz chop etgan xronologiyani ko'rib, munosabat bildirishga majburman. Bozorovning har juma kuni masjid oldida LGBT tadbirini o'tkazishga chaqiruvi, musulmon ayollarni hiyonatkorlikda ayblashi, «sving» maxalla qurish niyati, o'spirinlardan anime va K-pop bahona o'z maqsadida foydalanishi haqiqiy pastkashlikdir. Uning harakatlarini tinchlikni buzish, ommaviy tartibsizliklarni keltirib chiqarishga urinish deb bilaman. Bozorov inson xuquqlari himoyachisi emas, u haqiqiy provokator. Ushbu holatning barcha ishtirokchilari, aybdor blogerlar va ayniqsa, Bozorovga huquqiy baho beriladi, deb umid qilaman. Bizda «samosud» emas, qonun ustuvor bo'lishi kerak", deb yozdi u.  

Manba: aniq.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR