Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:46
telegram
"Hududgazta'minot" AJ: Nurafshondagi portlash xonadon egasining gaz o'g'irlashi oqibatida

 27 APREL, 19:10 94

.

Toshkent viloyati Nurafshon shahridagi ikki qavatli uyda gaz portlashi natijasida bir kishi halok bo'lgani haqida xabar berilgandi. "Hududgazta'minot" AJ axborot xizmati ushbu portlashga nima sabab bo'lganini ma'lum qildi.

Ma'lum qilinishicha, o'rganishlar jarayonida, maishiy ehtiyoj uchun tabiiy gazni o'g'irlash natijasida 2 qavatli binodagi uylardan birining xonasida tabiiy gaz to'planishi sodir bo'lganligi aniqlandi. 

Xonadon egasi hisoblagichni olib tashlab, gaz quvurlarini kanalizatsiya sifoni orqali ulab qo'yishi, tabiiy gaz sizib chiqishiga sabab bo'lgan. Gaz-havo aralashmasi chaqnashi natijasida bir kishi vafot etdi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!