Xayirli tong, Guest!
Soat: 11:41
telegram
Uch nafar fuqaro huquqbuzarliklari uchun mas'uliyatdan qochib, radarni “jazolamoqchi” bo'lishdi

 27 APREL, 18:15 117

.

2021 yil 23 aprel kuni Yakkasaroy tumani Kichik Beshyog'och va Bobur ko'chalari kesishmasida Toshkent shahar IIBB xodimlari “Spark” (davlat raqami 01 R 114 QA) avtomobilida tezlik tartibini avtomatlashtiriligan tarzda qayd etuvchi moslama o'rnatilgan ustun oldiga kelib to'xtagan yigitlarning radarga tosh otayotganlarini ko'rib qolishdi. 

Tez orada mazkur fuqarolar avtomobillari bilan Yakkasaroy tumani IIO FMBga etkazildilar. Huquqbuzarlar 22 yoshli Jahongir M. (yuqoridagi avtomobil haydovchisi), 23 yoshli Shavkatjon M. va 23 yoshli Axror Sh.lar ekanligi aniqlandi.

Suhbat davomida aniqlanishicha, hodisadan bir oz avvalroq Jahongir M. tomonidan 2021 yil 17 aprel kuni sodir etilgan qoidabuzarlik sababli avtomobil egasiga tezlik tartibi buzilgani uchun 1.225.000 so'mlik jarima kelgani ma'lum bo'ldi. Qilmishi uchun tegishli mas'uliyatni bo'yniga olmagan fuqaro o'rtoqlari bilan birga radardan “alamlarini olishga” qaror qilishgan.

Mazkur fakt asosida O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 183 moddasi (“Mayda bezorilik”) bo'yicha bayonnoma rasmiylashtirildi. Jazo to'g'risidagi hukm sud tomonidan chiqariladi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!