Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:38
telegram
“Omad shou” firibi: bir guruh ustomon ijtimoiy tarmoq firibgarlarining faoliyatiga chek qo'yildi

 27 APREL, 17:20 127

.

Noma'lum shaxs telegramm ijtimoiy tarmog'idagi “Omad shou” nomli guruhga “FIRU” nomli akkaunt ochib, shu guruhda Peshku tumani Jongeldi mahallasida yashovchi, 1987 yilda tug'ilgan A.G. bilan virtual suhbatlar va yozishmalar olib borib, uni o'ylab topilgan “Omad shou” o'yinida ishtirok etishga jalb qilib, o'yin natijalariga ko'ra 300.000 so'm miqdordagi pul yutug'iga ega bo'lganligini aytib, plastik karta maxsus raqami va “SLICK” pul o'tkazmalari servis xizmatiga ulangan qo'l telefon raqamini tashlab bersa, yutuq pullarini plastik kartaga ko'chirib berish to'g'risida uni ishontirgan.

A.G. o'zini nomida plastik karta bo'lmaganligi sababli, qo'shnisi 1984 yilda tug'ilgan D.K.ga borib murojaat qilgan va unga tegishli bo'lgan “Milliy bank” tomonidan berilgan “Xumo” plastik karta raqamini hamda D.K.ning telefon raqamini noma'lum shaxsga aytgan. Plastik karta maxfiy raqamini olishga erishgan noma'lum shaxs o'sha zahoti plastik kartadagi pullarni echib olgan.

Buni qarangki, D.K.ning telefon raqamida “SLICK” pul o'tkazmalari servis xizmatiga ulangan yana bir plastik karta borligini bilgan noma'lum shaxs, go'yoki ilgari maxfiy raqamlari berilgan plastik kartaga pul o'tkazmasini amalga oshirish imkoni bo'lmayotganligini vaj qilib, A.G.dan qo'shnichi D.K.ning telefoniga ulangan M.S. ning nomiga “O'zsanoatqurilish bank” tomonidan berilgan boshqa bir plastik karta raqamini ham olishga erishib, ikkala plastik kartadan jami 11.450.000 (o'n bir million to'rt yuz ellik ming) so'm pullarni echib olib, firibgarlik jinoyatini sodir qilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman Ichki ishlar bo'limi huzuridagi tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, dastlab tergov hamda tezkor surishtiruv harakatlari olib borilgan.

Olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Buxoro Muhandislik-texnologiya instituti talabalari, Buxoro shahridagi ko'p qavatli uylarning birida birgalikda ijarada yashab kelayotgan talabalar, Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida yashovchi, 1998 yilda tug'ilgan N.N. va Olot tumani Usmonshayx mahallasida yashovchi, 1998 yilda tug'ilgan S.X.lar oldindan jinoiy til biriktirgan holda sodir qilinganliklari aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan qo'lga olingan.

Hozirgi kunda mazkur jinoiy guruhning boshqa shu kabi sodir etilib fosh etilmasdan qolgan jinoyatlarga aloqadorligi yuzasidan tezkor surishtiruv hamda jinoyat ishi bo'yicha dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Aziz Vatandoshlar, viloyatmiz fuqarolari! Oson boylik orttirish maqsadida ijtimoiy tarmoqlar orqali e'lon qilinayotgan yutuqli o'yinlar, turli xildagi aktsiyalar, elektron savdolarda qatnashmang.

Sir saqlanishi lozim bo'lgan plastik karta raqamlarini birovga oshkor qilmang.

Aks holda ijtimoiy tarmoq firibgarlarining nayranglariga aldanib, pul mablag'laringizdan ayrilib qolasiz.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!