Xayirli tun, Guest!
Soat: 03:43
telegram
Chiroqchida 7 yoshli bolaning o'limi sabab ayollar yo'lni to'sib qo'ydi

 27 APREL, 15:55 136

.

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Chiroqchi tumanida fuqarolar yo'lni to'sib mashinalar harakatlanishiga qarshilik qilishganligi to'g'risida xabarlar tarqaldi.  2021 yil 23 aprel kuni Chiroqchi tumani Qumdaryo mahallasi Oqtunli qishlog'ida yashovchi bir guruh ayollar farzandlari qo'shni qishloqdagi maktabga borish uchun qiynalayotganligi, farzandlarini Xo'jaobod qishlog'idagi maktabga borishi uchun “Qarshi-Samarqand” avtomobil yo'lidan kesib o'tishlari xavfli ekanligini bildirib, yo'lni to'sib mashinalar harakatlanishiga qarshilik ko'rsatishgan.  Mazkur kungilsiz holatning sodir bo'lishini quyidagicha izohlash mumkin. 2021 yil 21 aprel kuni “Isuzu” rusumli yuk mashina piyodalar yo'lakchasi orqali kesib o'tayotgan voyaga etmagan, “Xo'jaobod” mahallasida yashovchi, 140-sonli umumta'lim maktabining 1-sinf o'quvchisi D.Eni o'rib yuborganligi natijada u vafot etgan. Ushbu qayg'uli vaziyatda o'zlarini yo'qotib qo'ygan bir guruh qishloq ayollari 23 aprel kuni yo'lni bir muddat to'sib turgan.  Maktab o'quvchisi ishtirokida sodir bo'lgan ko'ngilsiz hodisa yuzasidan Chiroqchi tumani mutasaddi rahbarlari 22 aprel kuni mahalliy aholi vakillari bilan uchrashib, “Qumdaryo” mahallasi hududida qurilayotgan maktabning qurilish ishlari tez orada boshlanib, yangi o'quv yilini maktab o'quvchilari yangi zamonaviy maktabda boshlashlarini tushuntirishdi. Afsuski ba'zi fuqarolar mutasaddilarning so'zlariga e'tibor qilmay o'z bilganicha ish tutishdi.   Qayd etish kerakki, "Istiqlol" qo'rg'onchasida 2021 yil Davlat dasturi asosida Chiroqchi tuman xalq ta'limi bo'limiga qarshli 99-sonli umumta'lim maktabi filialiga 176 o'rinli yangi maktab qurilishi rejaga kiritilgan. Mazkur maktabning qurilishi 2021 yilning ikkinchi choragida belgilangan bo'lib, hozirgi kunda buyurtmachi Qashqadaryo viloyati "Yagona injinering xizmati" tomonidan pudratchi tashkilotlar tanlovi o'tkazish ishlari olib borilmoqda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!