Xayirli kun, Guest!
Soat: 14:02
telegram
Pol Pogba: «Ro'za tutish futbol o'ynashimga salbiy ta'sir qilmaydi»

 27 APREL, 15:05 113

.

«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Pol Pogba musulmonlar uchun Ramazon oyida farz amal hisoblangan ro'za tutish haqida gapirib, bu uning o'yinlariga hech qanday salbiy ta'sir qilmasligi haqida aytib o'tdi. Bu haqda tribuna.uz manbasi xabar berdi.

Uning ta'kidlashicha: «Uzoq yillardan buyon ro'za tutib kelayotganim bois, mashg'ulot va o'yinlar paytida ham bu menga salbiy ta'sir qilmaydi. Qolaversa, bizda professional dietolog ham bor, u Ramazon oyi davomida ko'proq nimalar iste'mol qilish zarurligini tavsiya qilib keladi. Aytaylik, mashg'ulot va maydonda etarlicha kuchga ega bo'lish uchun ko'proq oqsillar yoki yana qandaydir mahsulotlar iste'mol qilishimni nazorat qiladi. Yana bir jihati Manchesterda ekanligim ham omadim. Ramazon oyida bu erda boshqa mamlakatlardek issiq emas, yomg'ir ko'p yog'adi. Shu bois ro'za tutish menga og'irliq qilayotgani yo'q», deydi frantsiyalik yarimhimoyachi klub rasmiy saytiga.

Angliya Premer-ligasi 33-turi doirasida «Lids»ga qarshi uchrashuv Pogbaning «MYu»dagi 200-o'yiniga aylandi.

«Lids»ga qarshi bahs mening «Yunayted»dagi 200-o'yinim bo'ladi? Qoyil, buni bilmasdim. Bu jamoada 200 o'yinlik marrani zabt etish katta faxr. «MYu» va «Lids» o'rtasidagi tarixiy qarama-qarshilik haqida juda yaxshi xabardorman. Ularga qarshi o'yinda maydonga tushishni intizorlik bilan kutayapmiz», - deydi Pogba klub rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!