Xayirli kech, Guest!
Soat: 20:11
Eng sara ajoyib videolar
Yulduzlar Rasmlari (New)
TIK TOKDAGI XIT MUSIQALAR
telegram
Daryo muxbiriga tahdid qilgan IIB xodimiga «qattiq hayfsan» berildi

 27 APREL, 14:20 106

.

Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi 16 aprel kuni Qarshi shahrida ichki ishlar organlari xodimlari va Daryo muxbiri Otabek Qo'ldoshev ishtirokida sodir bo'lgan voqeani o'rganishni yakunladi.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi ushbu voqea ishtirokchisi Qarshi shahar IIO FMB boshlig'ining o'rinbosari Azamat Shaymardanovganiqlangan qonunbuzarliklarni hisobga olib, unga «qattiq hayfsan» berilgan.

Jurnalistni IIBga olib borgan profilaktika inspektori va PPX bataloni bo'linma komandiri IIVning amaldagi me'yoriy buyruqlari talablari asosida harakat qilganligi ma'lum qilindi.

«Xizmat tekshiruvi xulosasi nusxasi va to'plangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun Qarshi shahar prokuraturasiga yuborilgan», — deyiladi xabarda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!