Xayirli kech, Guest!
Soat: 20:35
Eng sara ajoyib videolar
Yulduzlar Rasmlari (New)
TIK TOKDAGI XIT MUSIQALAR
telegram
Qoraqalpog'istonda noyob o'simlik xitoyliklar tomonidan noqonuniy terilyaptimi?

 27 APREL, 14:05 91

.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «Qoraqalpog'istonda Qizil kitobga kiritilgan sho'ravor tsistanxe o'simligi xitoyliklar tomonidan noqonuniy terilmoqda» nomli xabar tarqalgan edi. Qoraqalpog'iston Respublikasi Ekologiya qo'mitasining matbuot xizmati holat bo'yicha rasmiy ma'lumot berdi.

Unga ko'ra, joriy yil 26 aprel kuni ushbu mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog'iston Respublikasi Ekologiya nazorat qilish inspektsiyasi tomonidan To'rtko'l tumanida o'rganish ishlari olib borildi. O'rganishlar natijasida, To'rtko'l tuman “Anhorli” MFYdagi Bog'yop kanali ishchisi, Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi Janning kanalni qazish ishlarini olib borishi davomida kanal bo'yidan taxminan 1-2 kg. tsistanxe o'simligini topib olib, quritib qo'ygani ma'lum bo'ldi.

Surishtiruv natijasida tsistanxe o'simligi ildizlarini choyga, ovqatga solish maqsadida olganligi aniqlangan. Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosiga O'zbekiston Respublikasi “O'simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to'g'risida”gi Qonun talablari tushuntirilgan va bu holat qayta takrorlanmasligi uchun Janningdan tushuntirish xati olinib, yozma ogohlantirish berilgan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!